Hajmli og’irlik

Yuklarni havo transportida uzoq va o’ta uzoq masofarlarga tashish eng qulay va tez yo’llardan biridir. Yukning hajmli o’girligi – bu shartli o’lcham bo’lib, u yuk tashish kompaniyasiga yukingizni tashish narxini belgilash uchun yordam beradi. Hajmli og’irlik yukingiz tashish jarayonida qancha joy egallashini belgilab beradi. Aynan shu o’lchamlar, har xil zichlikdagi yuklarni solishtirishda yordam beradi. Avia Yuk Tashuvchilar Assotsiatsiyasining tasdiqlangan qoidalariga asosan ikki ko’rsatmaning maksimal soni uning to’lov miqdorini belgilaydi:
Jismoniy og’irlik = yukning kg dagi og’iligiga teng, yoki 1m3=167 kg hajmli o’girlik formulasiga asosan.
To’lash kerak bo’lgan o’girlik bu yuk og’irligining yoki hajmli o’girlikning eng yuqori ko’rsatgichidir.
Hajmli og’irlikning asosiy o’lchash formulasi quyidagichadir: 1kg=6000 sm3. Yoki: 1m3=167 kg. uzunligi (sm) x eni (sm) x balandligi (sm): 6000.

Misol 1. Masalan siz, 50 kg og’irlikdagi va kattaligi 80*80*80 bo’lgan poyabzallardan iborat qutini jo’natmoqchisiz. Bu vaziyatda, quti hajmi 0,512m3 ga tengdir. Hajmli og’irlik formulasiga asosan, 0,512ni 167 ga ko’paytiramiz va shunda 85,5 kg hajmli og’irlik kelib chiqadi. Poyabzal qutining haqiqiy o’girligi 50 kg va u hajmiy o’girlikdan kamdir. Shu yo’sin, 86 kg uchun haq to’lanishi kerak bo’ladi.

Misol 2. Masalan, sizda kattaligi 65*65*65 ga teng va og’irligi 50 kg ga teng ehtiyot qismlar qutisi bor. Bu vaziyatda, qutining hajmi 0,274 m3 ga teng. Uning hajmiy og’irligini tekshiramiz. 0,274 ni 167 ga ko’paytiramiz, shunda 45,75 kelib chiqadi. Uning haqiqiy og’irligi 50kg va u hajmiy og’irlikdan ko’pdir. Shu yo’sin, yuk tashish haqi uning haqiqiy og’irligidan kelib chiqadi, ya’ni, 50 kg uchun.

Yukning hajm koeffitsenti transport vositasiga qarab xilma-xil bo’lishiga ahamiyat berish kerak bo’ladi:
167 — yo’lovchilar samolyotida aviya yuk tashish uchun (eng ko’p ishlatiladigan va xalqaro usul).
200 — Kuryerlar (FedEx)
200 -300 – yuk samolyotlarida avia yuk tashish (charterlar)
400 — ba’zi yuk tashuvchilar