Temir yo’l vagonlarining turlari va o’lchamlari

Temir yo’l orqali yuk tashishda har xil vagon turlaridan foydalaniladi. Yuk vagonlari parki yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar (poluvagon), tsisternalar, izotermik, bunker vagonlar, samosval-vagonlar, ref-vagonlardan va maxsus vazifali vagonlardan tarkib topadi.

Vagonlarning asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari: yuk ko’tarishi, tarasi (massasi), tara koeffitsienti, kuzovining solishtirma hajmi, g’ildirak o’qlari soni, pol yuzasining solishtirma maydoni, g’ildirak juftining relsga bosimi va bir metr uzunlikdagi yo’lga tushadigan og’irlik bosimi bilan ifodalanadi.

Eng tarqalgan vagonlar turlari va ularning o’lchamlari quyida ko’rsatilgan:

Yopiq vagonlar har xil yuklarni tashish, butligini ta’minlash va atmosfera ta’siridan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, ular tegishlicha jihozlangan. Yopiq vagon kuzovi yon tomonining har birida o’rta qismida surilib ochiladigan eshiklar va yuqori qismida ikkitadan metall qopqoqli lyuklarga egadir. Yuklar yoritish, havo almashtirish, hamda vagonlarga sochiluvchan yuklarni ortish uchun xizmat qiladi.

Yarim ochiq vagon (poluvagon) ochiq turdagi yuk vagonlari ichida eng ko’p tarqalgani bo’lib, ular asosan ko’mir, ruda, koks, shag’al kabi to’kma va sochiluvchan yuklarni ommaviy ravishda tashish uchun mo’ljallangan. Yuklarni ortib joylashtirish uchun bo’yiga ikki tomondan ikki tabaqali eshiklar bilan jihozlanadi. Ayrim vagonlar ostki lyuklarsiz ishlangan bo’lib, ulardagi yuklar maxsus vagon ag’dargichlar yordamida tezkor to’kib tushiriladi.

Xopper (ingliz hopper – bunker). Yarim ochiq vagon turlaridan biri, xopper vagonlaridir. Sochma va changli yuklarni (shag’al, qum, tsement va sh.k.) tashish uchun mo’ljallangandir. Yukni yomg’irlardan asrash uchun, usti yopiq va tepasida lyuklari bor xopperlar ham ishlatiladi.

Platforma – vagon bo’lib, koproq mashinalarni, jixozlarni, uzun, qo’pol, og’ir yomg’irdan asrashga xojat sezmaydigan yuklarni tashishga mo’ljallangan.
Konteyner platformalarida bortlar bo’lmaydi va universal konteynerlarni mahkamlash uchun maxsus quluplar bilan jihozlangan bo’ladi.
Yog’och-taxta tashish platformalari, yukni joyidan siljimasligi maqsadida ikki tomonidan maxsus ustunlar bilan jihozlanadi.

Tsisterna vagoni, suyuq yuklarni, suyuqlantirilgan gazlar va kukunsimon materiallarni tashishda ishlatiladi.

Bunker vagonlar – yopiq vagonlarga yoki yopiq xopperlarga o’xshash bo’lib, ularning farqi, bitta ramaga bir necha idishlar joylashtirilganligidadir. Ular, maxsus yuklarni tashish uchun mo’ljallangandir (un, neftebitum va donador materiallar).

Dumpkar (ingliz dump — ag’darish, car — vagon) — o’zi ag’daradigan vagon. Sochiluvchan va katta bo’lakli yuklarni mexanizatsiya ravishda ag’darish uchun mo’ljallangandir.